Yevropa adabiyoti
Tanlangan
21st Century Gothic: Great Gothic Novels since 2000 («XXI asr gotikasi: 2000-yildan keyingi eng sara gotik romanlar»)
Annotatsiya
Danel Olson muharrirligida nashr etilgan 21st Century Gothic: Great Gothic Novels since 2000 («XXI asr gotikasi: 2000-yildan keyingi eng sara gotik romanlar») ilmiy to‘plamida XXI asr boshlarida yaratilgan gotik romanlarning badiiy-estetik xususiyatlari keng yoritiladi. Kitob 53 ta ilmiy maqoladan iborat bo‘lib, unda Margaret Atwood, Stephen King, Sarah Waters, Neil Gaiman, Toni Morrison, Kazuo Ishiguro, Mark Z. Danielewski, Patrick McGrath, Elizabeth Kostova va boshqa zamonaviy yozuvchilarning gotik romanlari adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Har bir maqolada alohida roman syujeti, obrazlar tizimi, janr xususiyatlari, gotik motivlar hamda asarning zamonaviy adabiy jarayondagi o‘rni baholanadi.
To‘plamning kirish qismida XXI asr gotik adabiyotining rivojlanish yo‘nalishlari, uning klassik gotik an'analar bilan uzviy bog‘liqligi va zamonaviy adabiy jarayondagi o‘rni izohlanadi. Mualliflar neo-gotik romanlarda qo‘rquv, ruhiy iztirob, tarixiy xotira, o‘lim, shaxsiyat, gender, ekologiya, fantastika va madaniy o‘zgarishlar kabi mavzularning badiiy talqinini tahlil qiladilar. Ushbu to‘plam XXI asr gotik romanlari obzori sifatida ahamiyatga ega bo‘lib, zamonaviy gotik adabiyotning yetakchi namunalari va ularning badiiy xususiyatlarini ilmiy jihatdan umumlashtiradi.