Mumtoz adabiyot
Tanlangan
Alisher Navoiy «Xamsa»sida insoniylik g'oyasi
Annotatsiya
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning besh dostondan iborat «Xamsa» asarida insoniylik va komillik g'oyalarining badiiy talqini o'rganiladi. Navoiy o'z asarida inson kamolotini bilim, mehr va adolat uchbirligida ko'radi. Maqolada «Hayrat ul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab'ai sayyor» va «Saddi Iskandariy» dostonlarining g'oyaviy-badiiy xususiyatlari qiyosiy tahlil etiladi. Navoiy ijodidagi insonparvarlik tamoyillari O'rta Osiyo adabiy an'analari kontekstida ko'rib chiqiladi.