Yevropa adabiyoti
Tanlangan
Biz hayrat va qo‘rquvda qolamiz”: XVIII–XIX asr dahshat romanlari (“We Stare and Tremble”: Eighteenth- and Nineteenth-Century Horror Novels).
Annotatsiya
Natalie Neillning mazkur tadqiqotida XVIII–XIX asr ingliz dahshat romanining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari adabiy obzor (literary review) shaklida keng qamrovli yoritiladi. Muallif dahshat romani tarixini XVIII asr o‘rtalaridan Viktoriya davri oxirigacha bo‘lgan davr doirasida izchil tahlil qilib, janrning vujudga kelishiga ta’sir ko‘rsatgan tarixiy, madaniy va estetik omillarni ochib beradi. Tadqiqotda dahshat adabiyotining ommalashuvi, kitobxonlar orasidagi qabul qilinishi, tanqidchilar munosabati hamda janrning adabiy taraqqiyotdagi o‘rni tarixiy-adabiy jarayon bilan uzviy bog‘liq holda umumlashtiriladi.
Maqolada Horace Walpolening “The Castle of Otranto” (“Otranto qal’asi”) asari ingliz gotik romanchiligining boshlanish nuqtasi sifatida baholanib, uning keyingi dahshat romanlariga ko‘rsatgan ta’siri yoritiladi. Shuningdek, Clara Reevening “The Old English Baron” (“Qadimgi ingliz baroni”), Ann Radcliffening “The Mysteries of Udolpho” (“Udolfo sirlari”), Matthew Gregory Lewisning “The Monk” (“Rohib”), William Godwinning “Caleb Williams” (“Kaleb Uilyams”) hamda Mary Shelleyning “Frankenstein” (“Frankenstein”) romanlari qiyosiy tahlil qilinib, gotik roman poetikasi, dahshat va terror estetikasi hamda janrning badiiy evolyutsiyasi yoritiladi. Muallif har bir asarning o‘zidan oldingi an’analarni davom ettirishi bilan birga, janr rivojiga olib kirgan yangiliklarini ham ko‘rsatadi.
Tadqiqotning keyingi qismida Viktoriya davri dahshat romani taraqqiyoti tahlil qilinib, Charlotte Brontëning “Jane Eyre” (“Jeyn Eyr”), Emily Brontëning “Wuthering Heights” (“Momaqaldiroq dovoni”), Sheridan Le Fanuning “Carmilla” (“Karmilla”), Bram Stokerning “Dracula” (“Drakula”) hamda Oscar Wildening “The Picture of Dorian Gray” (“Dorian Greyning surati”) asarlarida gotik an’analar, psixologik dahshat, vampir obrazi, “ikki qiyofa” motivi, ilm-fan va axloq, jins va hokimiyat, shuningdek, Viktoriya jamiyatidagi ijtimoiy hamda madaniy ziddiyatlarning badiiy talqini keng tahlil qilinadi. Muallif dahshat romanining tarixiy taraqqiyoti davomida mavzu, obrazlar tizimi va badiiy usullarning takomillashib borganini ilmiy asosda izohlaydi.
Maqolada, shuningdek, gotik roman, terror romani, monster romani, vampir romani va shahar dahshati kabi yo‘nalishlarning shakllanishi hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi tarixiy-qiyosiy asosda umumlashtiriladi. Muallif Horace Walpoledan boshlangan an’ananing Ann Radcliffe, Matthew Lewis, Mary Shelley, Bram Stoker va Oscar Wilde ijodida yangi mazmun bilan boyib borganini ko‘rsatib, dahshat romanining rivojlanishini adabiy an’analar, tanqidiy qarashlar va kitobxonlar dididagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda baholaydi. Janrning ommalashuvi, tanqidchilar tomonidan turlicha qabul qilinishi hamda realizm, romantizm va gotika estetikasining o‘zaro ta’siri ham tadqiqotning muhim jihatlaridan biri sifatida yoritiladi.
Muallif XVIII–XIX asr davomida yaratilgan muhim badiiy asarlar va adabiy-tanqidiy qarashlarni umumlashtirib, dahshat romanining ikki asrlik taraqqiyotini yaxlit tizim sifatida ko‘rsatadi. Shu jihatdan mazkur tadqiqot adabiy obzor (literary review) xususiyatiga ega bo‘lib, ingliz dahshat romani rivojlanishining asosiy bosqichlari, yetakchi namunalari va badiiy-estetik xususiyatlarini qamrab olgan muhim ilmiy manba hisoblanadi. Tadqiqot Yevropa adabiyotidagi adabiy obzorlarni qiyosiy o‘rganish hamda gotik va dahshat adabiyoti taraqqiyotini tahlil etishda nazariy va metodologik ahamiyat kasb etadi.