Yevropa adabiyoti
Tanlangan
“Ingliz ayollar romanlarini tadqiq etish haqida” (About Research of English Woman Novels).
Annotatsiya
Ozarbayjonlik yosh tadqiqodchi Shabnam Mammadova (Ganja State University) tomonidan yozilgan “ABOUT RESEARCH OF ENGLISH WOMAN NOVELS” (Ingliz ayol romanlarini tadqiq etish haqida) nomli adabiy obzor XIX asr ingliz ayol yozuvchilari ijodiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Jane Austen, Brontë opa-singillari, Mary Shelley va Elizabeth Gaskell kabi ijodkorlar asarlari tahlil qilinadi. Muallif ushbu asarlar orqali ingliz adabiyotida ayol qahramonning tasvirlanishida yuz bergan tub burilishni, ayolning ichki olami va ijtimoiy hayotdagi o‘rnining badiiy talqinini ko‘rsatadi. Xususan, Jane Austenning “Pride and Prejudice (G‘urur va xurofot)” romanida Bennet oilasi qizlarining jamiyatda o‘z o‘rnini topish orzusi, muhabbat, ijtimoiy tenglik va ayolning mustaqil fikri asosiy masala sifatida yoritiladi. Charlotte Brontëning “Jane Eyre (Jeyn Eyre)” asarida esa yetim qiz Jeynning o‘z qadr-qimmatini anglash, axloqiy qarashlar va muhabbat o‘rtasidagi kurashi orqali ayolning ruhiy mustaqillikka erishish jarayoni ko‘rsatiladi. Emily Brontëning “Wuthering Heights (Bo‘ronli dovon / G‘azabli cho‘qqilar)” romanida ayol hissiyotlarining cheksiz kuchi, jamiyat qonunlariga bo‘ysunmaslik va individual erkinlik masalalari asosiy o‘rinda turadi. Mary Shelleyning “Frankenstein (Frankensteyn)” asarida esa insoniylik, ma’suliyat, ijtimoiy rad etilish va yaratish g‘oyasi ayolning falsafiy nigohi orqali talqin etiladi. Elizabeth Gaskellning “Mary Barton”, “North and South (Shimol va Janub)” hamda “Wives and Daughters (Ayollar va qizlar)” romanlarida sinfiy jamiyat hayoti, ishchilar taqdiri, ijtimoiy tenglik, adolat va ayolning faol ijtimoiy pozitsiyasi yoritiladi.
Ushbu romanlarning bir guruhda tahlil qilinishi bejiz emas, chunki ular ayollar tomonidan yozilgan bo‘lib, ayol ruhiyatini birinchi marta markazga olib chiqqan, ayolni faqat oilaviy hayotga bog‘liq emas, balki jamiyatning faol a’zosi sifatida ko‘rsatgan asarlardir. Muallif ta’kidlashicha, bular ayol subyektivligi, psixologik tahlil, shaxsiy va ijtimoiy erkinlik, ma’naviy tanlov va gender tenglikka intilish masalalarini o‘zida mujassam etgan. Shuningdek, bu adabiyot namoyandalari romantizm va realizm unsurlarini uyg‘unlashtirib, ayollarning ichki olami va ijtimoiy kurashlarini chuqur ifodalagan. Natijada mazkur asarlar ingliz ayol romanchiligi maktabining shakllanishini ta’minlab, ayol obrazini passivdan faol holatga, itoatkorlikdan mustaqillikka olib chiqqan; jamiyat va axloqiy qadriyatlarga yangi nigoh bilan yondashgan; psixologik chuqurlikni adabiy jarayonda ustuvor o‘rin darajasiga ko‘targan; ayolning o‘zligini anglash va yangi identitetini shakllantirish jarayonini adabiy manifest sifatida namoyon etgan. Shu jihatlari bilan Shabnam Mammadova tahlil qilgan ushbu asarlar faqatgina adabiy jarayon emas, balki ayollar ongining uyg‘onishi, ma’naviy erkinlik va ijtimoiy tenglik sari tashlangan jiddiy qadam sifatida ham e’tirof etiladi.
Shabnam Mammadovaning mazkur adabiy obzori bir qator ilmiy yutuqlari bilan ajralib turadi. Avvalo, muallifning XIX asr ingliz ayol romanchiligini tadqiqot obyekti sifatida tanlagani mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi. Chunki bu davr ayollar adabiy tafakkuri uyg‘ongan, ayol shaxsi, uning ruhiy dunyosi va jamiyatdagi o‘rni badiiy tasvir markaziga chiqqan davrdir. Obzorda Jane Austen, Brontë opa-singillari, Mary Shelley va Elizabeth Gaskell kabi adibalar ijodining bir oqimda yoritilishi ayollar romanchiligi tarixini yaxlit tarzda ko‘rish imkonini beradi. Har bir asardagi mavzular, konfliktlar, ijtimoiy muammolar va qahramonlar ruhiy kechinmalari izchil sharhlanadi, shuningdek romantizm va realizm unsurlarining uyg‘unligi adabiy jarayondagi o‘ziga xos hodisa sifatida ko‘rsatiladi. Ayolning ichki dunyosiga chuqur kirish, uning ma’naviy izlanishlari, mustaqil fikrlashi, tenglik va adolat uchun kurashi obzorning metodologik asosini tashkil etadi. Bu jihatlar tadqiqotning ilmiy qiymatini oshiradi va ayol adabiyotining shakllanishidagi muhim bosqichlarni yoritadi.
Shu bilan birga, obzorda ayrim kamchiliklar ham kuzatiladi. Xususan, nazariy yondashuvlar bilan ishlashda ba’zi imkoniyatlar yetarli darajada to‘liq ochilmagan. Muallif Bakhtin qarashlarini tilga olgan bo‘lsa-da, psixoanalitik, fransuz feministik nazariyasi yoki zamonaviy gender konsepsiyalari bilan tahlil yanada chuqurlashganida, ilmiy salohiyat oshgan bo‘lardi. Shuningdek, romanlar o‘rtasidagi matnlararo aloqalar kengroq ko‘rsatilishi, Viktorian davrning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sharoiti haqida batafsil izoh berilishi ham obzorni yanada boyitgan bo‘lar edi. Qahramonlarning ichki psixologik tahlili berilgan bo‘lsa-da, ba’zi jihatlar qisqacha bayon qilingan, zamonaviy tadqiqotchilar qarashlari bilan kengroq dialog yaratilmagan. Shunga qaramay, mazkur kamchiliklar tadqiqotning umumiy ilmiy ahamiyatiga putur yetkazmaydi, balki kelgusida yanada chuqurroq ilmiy izlanishlar olib borish zarurligini ko‘rsatadi.
Umuman olganda, Mammadovaning ushbu adabiy obzori ingliz ayol romanchiligi taraqqiyotini tahlil qilish, ayolning adabiyotdagi o‘rni va ruhiy-ijtimoiy mavqeini ilmiy asosda yoritish borasida muhim qadam bo‘lib, mazmuniy boyligi, mavzuning dolzarbligi va qiyosiy yondashuvi bilan e’tiborga loyiq ilmiy ish sifatida qadrlanadi.