Yevropa adabiyoti
Tanlangan
“Iqtisodiy inqiroz iqtisodiy hodisaga aylanganda: XIX asr Italiya jurnallari va adabiyotining tahlili” (When Crises Became Economic: An Analysis of Italian Journals and Literature in the 19th Century).
Annotatsiya
Monika Poettingerning mazkur maqolasida XIX asr Italiya adabiyoti va davriy matbuotida iqtisodiy inqiroz tushunchasining shakllanishi hamda uning badiiy talqinlari adabiy obzorda (literary review) yoritiladi. Muallif iqtisodiy jurnallar, ilmiy maqolalar va badiiy asarlarni tarixiy-qiyosiy asosda tahlil qilib, iqtisodiy inqirozning jamiyat hayotidagi aks etishi hamda adabiyotdagi ifodasini umumlashtiradi. Tadqiqotda Gerolamo Boccardo, Francesco Ferrara, Salvatore Cognetti de Martiis kabi iqtisodchi olimlarning qarashlari sharhlanib, XIX asr Italiya iqtisodiy tafakkurining rivojlanish bosqichlari yoritiladi.
Maqolada Annali universali di statistica, Giornale degli Economisti kabi ilmiy jurnallarda e'lon qilingan maqolalar hamda Alessandro Manzonining “The Betrothed” (“Nikohlanuvchilar”) romani o‘zaro qiyosiy tahlil qilinadi. Muallif ocharchilik, qashshoqlik, non taqchilligi, narx-navoning oshishi, xalq noroziliklari, davlatning iqtisodiy siyosati va ijtimoiy inqirozning badiiy talqinini tarixiy voqealar bilan bog‘liq holda sharhlaydi. Badiiy asarda ocharchilik davri manzaralari hamda iqtisodiy tanglikning inson taqdiriga ta'siri ilmiy manbalar bilan qiyoslanib, adabiyot va iqtisodiy tafakkur o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ochib beriladi.
Muallif turli davriy nashrlar va badiiy asarlarda iqtisodiy inqiroz mavzusining yoritilish xususiyatlarini umumlashtirib, ularning o‘xshash va farqli jihatlarini ko‘rsatadi. Shu jihatdan maqola adabiy obzor (literary review) usulida yaratilgan bo‘lib, XIX asr Yevropa adabiyotida iqtisodiy mavzularning badiiy talqini va ularning davriy matbuot bilan aloqadorligini yorituvchi muhim ilmiy manba hisoblanadi. Mazkur tadqiqot Yevropa adabiyotidagi adabiy obzorlarni qiyosiy o‘rganishda nazariy va metodologik ahamiyat kasb etadi.