Yevropa adabiyoti Tanlangan

(Why Read About Animals: On the Formation of the Animal Autobiography Genre in British Literature of the Eighteenth and Nineteenth Centuries).

Muallif: Ivankiva Marina Vladimirovna. 2023 yil 21 bet 3 marta ko'rilgan 3 marta yuklab olingan

Annotatsiya

Ivankiva Marina Vladimirovnaning mazkur maqolasida XVIII–XIX asr Britaniya adabiyotida hayvon avtobiografiyasi janrining shakllanishi va rivojlanishi literary review usulida tahlil qilinadi. Muallif janrning tarixiy taraqqiyotini falsafiy, adabiy va madaniy kontekstlarda yoritib, Adam Smit, Devid Yum, Jon Lokk kabi mutafakkirlarning qarashlari hamda XVIII asr roman an'analarining ushbu janr rivojiga ta'sirini ochib beradi. Tadqiqotda Dorothy Kilnerning “Life and Perambulations of a Mouse” (“Sichqonning hayoti va sayohatlari”), Arabella Argusning “Adventures of a Donkey” (“Eshakning sarguzashtlari”) hamda Anna Sewellning “Black Beauty” (“Qora go'zal”) asarlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning janriy xususiyatlari, badiiy-estetik tamoyillari hamda hayvon obrazi orqali insonparvarlik, hamdardlik va axloqiy tarbiya g‘oyalarining ifodalanishi umumlashtiriladi. Muallif bir janrga mansub asarlarni tarixiy taraqqiyot jarayonida izchil tahlil qilib, ularning umumiy va farqli jihatlarini yoritadi. Shu jihatdan maqola G‘arb adabiyotshunosligida literary review shaklida yaratilgan, adabiy obzor xususiyatlariga ega ilmiy tadqiqot sifatida qiyosiy adabiyotshunoslik hamda adabiy obzor janrini o‘rganishda muhim nazariy manba hisoblanadi.