Yevropa adabiyoti
Tanlangan
“Yevropa adabiyotida urush mavzusining badiiy talqini” (Yevropa adabiyotida urush mavzusining tematik adabiy obzori)
Annotatsiya
Luiza Cârâcning mazkur maqolasida adabiy obzorda (literary review) Yevropa adabiyotida urush mavzusining badiiy talqini qiyosiy nuqtai nazardan yoritiladi. Muallif urushning tarixiy xotira, madaniy identitet va shaxsiy kechinmalar bilan bog‘liq jihatlarini umumlashtirib, Shvetsiya, Gretsiya va Ruminiya adabiyotlari misolida urush mavzusining badiiy ifodalanish xususiyatlarini tahlil qiladi. Tadqiqotning nazariy asosini adabiy xotira (literary memory) konsepsiyasi tashkil etib, urushning badiiy matndagi aks etish usullari va jamoaviy xotirani shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi.
Adabiy obzorda (literary review) shved yozuvchisi Astrid Lindgrenning urush kundaliklari, yunon yozuvchisi Dido Sotiriouning Farewell Anatolia (Anatoliya bilan xayrlashuv) romani hamda rumin yozuvchisi Gabriela Adameșteanuning Wasted Morning (Bekorga ketgan tong) romani qiyosiy tahlil qilinadi. Muallif ushbu asarlarda urushning inson taqdiri, oilaviy fojealar, tarixiy xotira va milliy o‘zlik masalalariga ko‘rsatgan ta'sirini umumlashtirib, ularning badiiy yechimlarini o‘zaro taqqoslaydi.
Maqolada kundalik (diary), albom (album), muzey narrativi (museum narrative), autobiografik xotira va tarixiy hujjatlar kabi badiiy vositalarning urush mavzusini ifodalashdagi o‘rni yoritiladi. Muallif turli milliy adabiyotlarda urushning o‘ziga xos talqinlari mavjud bo‘lsa-da, inson fojiasi, majburiy ko‘chish, yo‘qotish, xotira va insonparvarlik g‘oyalari barcha asarlar uchun mushtarak ekanini asoslaydi.
Maqola yakunida adabiy obzorda (literary review) Yevropa adabiyotida urush mavzusining badiiy talqini umumlashtirilib, urush mavzusi tarixiy xotirani saqlash, milliy o‘zlikni anglash va insonparvarlik g‘oyalarini ifodalovchi muhim badiiy yo‘nalish sifatida baholanadi. Tadqiqot turli mamlakatlar adabiyotidagi urush mavzusiga bag‘ishlangan asarlarni qiyosiy o‘rganishi bilan tematik adabiy obzor (literary review) namunasi sifatida ilmiy ahamiyat kasb etadi.